06.02.2025
Faqat Ucell abonentlari uchun cheksiz internet
Faqat Ucell abonentlari uchun
Toshkent shahri bo‘ylab 200 dan ortiq lokatsiyalarda Sola Wi-Fi operatorining bepul cheksiz internetiga ulaning.
“Ucell Premium” tarmog‘ida avtorizatsiyadan o‘tish uchun yo‘riqnoma
Qurilmangizda #Ucell Premium tarmog‘ini tanlang.
Agar qurilmangizda avtorizatsiya sahifasi avtomatik tarzda ochilmasa, iltimos, brauzerni oching va sayt manzilini tering – sola.ucell.uz.
Uyali telefon raqamingiz orqali avtorizatsiyadan o‘ting (SMSda kelgan kodni to‘g‘ri tering)
Eslatma: kodni terishga urinishlar soni – 5ta.
Internet tarmog‘iga cheksiz kirish imkonidan zavqlaning!
Narxi
“Ucell Premium” tarmog‘ida internet bepul taqdim etiladi.
Cheklov bormi?
Cheklov yo‘q. “Ucell Premium” tarmog‘ida internet cheksiz.
“Ucell Premium”dan kimlar foydalana oladi?
“Ucell Premium” tarmog‘iga ulanish imkoni faqat abonent to‘lovi qiymati 50 000 UZSdan boshlanuvchi tarif rejalaridagi Prepaid tizimi Ucell abonentlariga taqdim etiladi.
Ulanish shartlari
“Ucell Premium” tarmog‘idagi internetga ulanish va foydalanish uchun quyidagilar talab etiladi: - mos keluvchi (yuqoridagi ro‘yxatda ko‘rsatilgan) tarif rejasi; - raqam Faol holatda bo‘lishi.
Tarif rejasi ruxsat etilganlar ro‘yxatida ko‘rsatilmagan tarifga almashtirilsa, “Ucell Premium” tarmog‘iga ulanish mumkin bo‘lmay qoladi.
“Ucell Premium” tarmog‘iga ulanish raqam Bloklangan holatida imkonsiz.
“Ucell Premium” tarmog‘ida avtorizatsiyadan samarali o‘tgach, faqat ulanish shartlarini buzilsagina tarmoqda qayta avtorizatsiyadan o‘tish talab etiladi.
Qo'llab-quvvatlash xizmati
Tarmoqqa aloqador, texnik xarakterdagi (internet tezligi, Wi-Fi bilan bog‘liq nuqsonlar, “Ucell Premium”ga ulanish beqarorligi) muammo va savollar tug‘ilsa, 1130 raqami orqali Sola Call-markaziga murojaat etishingizni so‘raymiz.
Ulanish shartlariga aloqador (tarif rejasi, raqam holati) savollar tug‘ilsa, 8123 raqami orqali Ucell Call-markaziga murojaat etishingizni so‘raymiz.
