Форма для заявки:

Ваша заявка отправлена!

Мы свяжемся с вами

Wi-Fi reklama — Sola Media

REKLAMA KO’RISH EVAZIGA  - WI-FI? JUDA OSON!

SOLA MEDIA reklama servisi – bu keng auditoriyaga taqdim etiladigan Wi-Fi SOLA tarmog’ida reklama kontentini uzatishning o’ziga xos usuli. SOLA MEDIA bilan birgalikda, Sizning axborotingizni ko’rishlariga aslo shubha qilmasangiz bo’ladi.

SOLA MEDIA-dagi reklama o'zini, o'z mahsulotlarini va xizmatlarini keng omma oldida e'lon qilishni istagan har qanday kompaniya uchun dolzarbdir. Biz zamonaviy reklama texnologiyalari orqali mijozlar bazasini kengaytirish imkoniyatini taqdim etamiz. Wi-Fi tarmog'idagi reklama, boshqa reklama turlaridan farqli o'laroq, osonlikcha yo'naltiriladi (joylashuv, vaqt, qurilma turi va jinsiga qarab yo'naltirilishi mumkin). Shubhasiz yana bir ijobiy tarafi - bu "ortiqcha chiqindilarsiz" reklama, chunki uni joylashtirish uchun qog'oz, yelim va boshqa sarf materiallari talab qilinmaydi. Reklama formati quyidagi ko’rinishga ega bo’lishi mumkin: avtorizatsiya sahifasining brendlanishi, video reklama, hamda grafik va matnli reklama.

 

Oy davomida

ko'rishning qamrovi

U QANDAY ISHLAYDI? SOLA MEDIA bilan tajriba

Wi-Fi tarmog'iga ulanish uchun qurilmani ochgan daqiqada maqsadli auditoriyaga ulaning. Xaridorlar reklamangizni to'liq ekran rejimida ko'rishadi, Wi-Fi evaziga va sizning brendingiz foydalanuvchilarning e'tiborini tortadi!

REKLAMA FORMATLARI

Mo’ljallangan auditoriya

Yo’naltirishning barcha mumkin bo’lgan turlari!

Videorolik

Internetdagi eng mashxur kontent!

Sms-tarqatish

Mijozlaringizga to’g’ridan-to’g’ri yozing!

So’rovnomalar

Mijozlar orasida o’z so’rovnomalaringizni yarating!

Mobil ilovalar

Wi-Fi foydalanuvchilari tomonidan ilovangizning to’g’ridan-to’g’ri yuklanishi!

Reklama bannerlari

O’tkazib yuborish mumkin bo’lmagan reklama e’lonlaringizni namoyish eting!

Redirekt

To’g’ridan-to’g’ri trafikni saytingiz yoki Telegram-kanalingizga yuboring!

Targeting

O’z e’loningizni mo’ljallangan auditoriya uchun kerakli joyda namoyish eting.

JOYI BO’YICHA

Reklama byudjetini tejamkorlik bilan sarflash va reklamani joylashtirishdan maksimal darajada foyda olish uchun, uni faqat, mahsulot yoki xizmatga qiziqish bildirib, xaridni amalga oshiradigan iste’molchilarga namoyish etish lozim. Buni amalga oshirish yo’llaridan biri geotargetingni qo’llash hisoblanadi.

 SOLA MEDIA reklama servisidagi e’lonlarni ma’lum joylardagi Wi-Fi tarmog’idan foydalanadigan insonlarga yo’naltirish mumkin. Reklamangizni tanlangan joyda yashaydigan, o’qiydigan, ishlaydigan yoki muntazam ravishda tashrif buyuradigan iste’molchilar ko’radi. Bir nechta joyni tanlab, ular uchun umumiy reklama kampaniyasini tashkillashtirish mumkin. Yoki sizga kerak bo’lgan turdagi joylarni tanlash mumkin: misol uchun, bozorlar, savdo-ko’ngilochar markazlari yoki faqat oliy o’quv dargohlari.

E’lonlarni mo’ljallangan auditoriyaga hamda, “ommaviy” reklama kampaniyasida qamrash qiyin bo’lgan iste’molchilarga namoyish etish maqsadida geotargetingda foydalaning.

VAQTI BO’YICHA

Namoyish etish vaqti bo’yicha targeting – reklama e’lonining namoyishini vaqti bo’yicha ma’lum muddat davomida sozlash imkonini beruvchi funktsiya. Masalan, ertalablari, haftada 7 kun; yil davomida ish kunlari va boshqalar. Siz e’lonlar namoyishini xaridlar yoki buyurtmalar eng ko’p amalga oshiriladigan paytga sozlashingiz mumkin. Yoki faqat do’konning ish soatlarida.

GENDER PARAMETRLARI BO’YICHA

Demografik targeting – foydalanuvchining ijtimoiy-demografik xususiyatlarini inobatga olgan holdagi targeting. Bunga quyidagilar kiradi: yoshi, jinsi, oilaviy maqomi, lavozimi, ma’lumoti, daromadi va boshqalar. Demografik targeting, katta ehtimollik bilan sizga kerakli bo’lgan guruhlarga murojaat etish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, agarda siz faqat ayollar uchun fitness-markazni reklama qilsangiz, unda mo’ljallangan auditoriyadan erkaklarni chiqarib tashlashingiz mumkin.